Barcha yangiliklar
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati — deputatlik nazoratida
Gallery image 241070
Gallery image 241071
Gallery image 241072
Gallery image 241073
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
07 Sen 2026
10:49

Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati — deputatlik nazoratida

Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati — deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 19-Qoraxon saylov okrugi deputati G. Baxramova o‘zi saylangan hududdagi maktabda bo‘lib, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar asosida o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, xususan, isitish tizimlarining texnik holati, ularning mavsum davomida barqaror va xavfsiz ishlashga tayyorligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, sinfxonalar va boshqa o‘quv xonalarida zarur haroratni ta’minlash, mavjud isitish vositalaridan samarali foydalanish hamda mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, kuz-qish mavsumini betalofat va qulay sharoitda o‘tkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan takliflar bildirildi.