Barcha yangiliklar
#deputat_daftari
Gallery image 240987
Gallery image 240988
Gallery image 240989
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
11 Sen 2026
10:04

#deputat_daftari

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi 9-Katta Tayloq saylov okrugi deputati D. Ulug‘boyeva tomonidan Birlik mahallasida bo‘lib, ijtimoiy xodimning faoliyati yaqindan o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va manzilliligi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash jarayonlari, shuningdek, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan to‘g‘ri foydalanish holatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, aniqlangan masalalar deputatning ish daftariga qayd etildi. Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.