Barcha yangiliklar







AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
15 Sen 2026
09:52
Kotib
Yig‘ilishda O‘zLiDeP tuman Kengashi rahbariyati, deputatlik guruhi a’zolari hamda apparat mas’ullari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida partiya deputatlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash, saylovchilar manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyat hamda O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasidagi vazifalar muhokama qilindi.
Shuningdek, “Yurakka yo‘l” aksiyasi doirasida tadbirlarni yanada kuchaytirish, deputatlar va tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilayotgan xayrli ishlar haqida videomateriallar tayyorlash hamda aholiga yetkazish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.