Barcha yangiliklar
🚧 Mahalla yo‘llari — aholi e’tiboridagi muhim masala
Gallery image 240942
Gallery image 240943
Gallery image 240944
Gallery image 240945
Gallery image 240946
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
02 Sen 2026
00:00

🚧 Mahalla yo‘llari — aholi e’tiboridagi muhim masala

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati B.Artiqov, Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi Y.Mo‘minova, kotibiyat mudiri Q.Bobojonov hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari F.Kamolov Turon mahallasida bo‘lib, mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holati bilan yaqindan tanishdilar.

🔎 Tashrif davomida mavjud yo‘l infratuzilmasining bugungi holati, aholiga qulaylik yaratish masalalari hamda ichki ko‘chalarda obodonlashtirish va ta’mirlash ishlarini yanada yaxshilash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar muhokama qilindi.

🤝 Obod mahalla — farovon hayot!
Aholi uchun qulay va xavfsiz yo‘l infratuzilmasini yaratish, mahallalar qiyofasini yanada obod qilish — doimiy e’tiborimizda.