Barcha yangiliklar
📌 Qonun ijrosi — e’tibor markazida!
Gallery image 240936
Gallery image 240937
Gallery image 240938
Gallery image 240939
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
02 Sen 2026
00:00

📌 Qonun ijrosi — e’tibor markazida!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston XDP a’zosi I.Qodirova O‘zbekiston mahallasida joylashgan savdo do‘konlarida bo‘lib, amaldagi qonunchilik talablarining bajarilishini o‘rgandi.

🔎 O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 24-maydagi O‘RQ-844-son “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan olib borildi.

Tashrif davomida savdo shoxobchalarida alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishda qonun talablariga rioya etilishi, mahsulotlarning qonuniy savdosi hamda belgilangan cheklovlarga amal qilinishi holatlari ko‘zdan kechirildi.

✅ Maqsad — qonun ustuvorligini ta’minlash, aholi, ayniqsa yoshlar salomatligini himoya qilish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish.
Qonun — barchaga birdek!
Sog‘lom jamiyat — barqaror kelajak garovi!