Barcha yangiliklar
FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
Gallery image 240929
Gallery image 240930
Gallery image 240931
Gallery image 240932
Gallery image 240933
Gallery image 240934
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
15 Sen 2026
09:13

FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati M.Xasamiddinov tomonidan Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazilib, aholining murojaatlari tinglandi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan bandlikni ta’minlash, ishga joylashish hamda ijtimoiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.

Murojaatlar yuzasidan fuqarolarga tegishli tushuntirishlar berilib, muammolarni o‘rganish va ularni amaliy hal etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalalari belgilab olindi.

Shuningdek, ish izlayotgan fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy ko‘makka ehtiyoji bo‘lgan oilalarga amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.