Barcha yangiliklar
📌 Aholi manfaatlari — doimo e’tiborda!
Gallery image 240864
Gallery image 240865
Gallery image 240866
Gallery image 240867
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
28 Avg 2026
00:00

📌 Aholi manfaatlari — doimo e’tiborda!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Djabborov Xamza mahallasida bo‘lib, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bilan yaqindan tanishdi.

🔹 Jumladan, mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlari o‘rganildi.

🤝 Deputat tomonidan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ijtimoiy ko‘makning manzilli, adolatli va sifatli tashkil etilishi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Zero, inson qadri va aholi farovonligi — ustuvor maqsadimiz!