Barcha yangiliklar
KENGASH QARORI — AHOLI MANFAATI UCHUN AMALDA
Gallery image 240827
Gallery image 240828
Gallery image 240829
Gallery image 240830
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
14 Sen 2026
22:52

KENGASH QARORI — AHOLI MANFAATI UCHUN AMALDA

KENGASH QARORI — AHOLI MANFAATI UCHUN AMALDA:

Yangiobod tumanida hududlar infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda.

✅ Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashining 2026-yil 18-avgustdagi VII-21-80-3-54-K/26-son qarori asosida Yangiobod shaharcha fuqarolar yig‘ini hududidagi Mustaqillik ko‘chasida joylashgan avtoturargohda asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.

✅ Mazkur ishlarni bajarish uchun “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan 80 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

✅ Ajratilgan mablag‘lar doirasida avtoturargoh hududiga asfalt qoplamasi yotqizilib, uning foydalanish holati yaxshilanmoqda. Bu esa fuqarolar uchun yanada qulay, tartibli va obod muhit yaratishga xizmat qiladi.

📌 Kengash tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning amaliy ahamiyati ham aynan shunda — hududdagi dolzarb ehtiyojlar aniqlanib, mavjud mablag‘lar aholiga zarur bo‘lgan infratuzilma obyektlarini yaxshilashga yo‘naltirilmoqda.

✅ Bugun amalga oshirilayotgan ushbu ishlar Kengash qarorlarining bevosita aholi manfaatiga xizmat qilayotganining amaliy ifodasidir.

✅ Bunday loyihalar hududlarni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash va fuqarolar uchun qulay sharoitlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Kengash qarori — amaliy ish, amaliy ish esa aholi farovonligi