Barcha yangiliklar
Yuksalish mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilindi
Gallery image 240713
Gallery image 240714
Gallery image 240715
Gallery image 240716
Gallery image 240717
Gallery image 240718
Gallery image 240719
JUMAYEV ADXAMJON AKRAMOVICH
14 Sen 2026
18:21

Yuksalish mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilindi

 Yuksalish mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilindi


 

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati, tumani hokimi Sh.Turdaliyev tegishli mutasaddilar ishtirokida Yuksalish
mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida mahalla raisi va hokim yordamchisi bilan birgalikda hududdagi “Pasul TS” oilaviy korxonasi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Sport kiyimlari va jihozlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona faoliyatini
qo‘llab-quvvatlash, mahsulot turlari va ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, shuningdek, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
Mas’ullarga tadbirkorlik subyektini rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali
foydalanish va yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.