Barcha yangiliklar
#24_ta_tavsiya #nazorat #yoshlar
Gallery image 240530
Gallery image 240531
Gallery image 240532
Gallery image 240533
Gallery image 240534
Gallery image 240535
Gallery image 240536
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
10 Sen 2026
17:49

#24_ta_tavsiya #nazorat #yoshlar

Abdulla Qahhor mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi va ular uchun yaratilgan sharoitlar samaradorligini oshirish maqsadida navbatdagi oʻrganish tadbiri oʻtkazildi.
Kotibiyat mudiri Sevar Qodirovaning kunlik ish rejasiga muvofiq tashkil etilgan ushbu oʻrganish jarayonida mahalla yoshlar yetakchisining amalga oshirgan faoliyati, erishilgan natijalari hamda “Yoshlar daftari” va “Yoshlar balansi” doirasida olib borilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Oʻrganish natijalariga koʻra:
Mahalla yoshlarining bandligini taʼminlash va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha amalga oshirilgan loyihalar koʻrib chiqildi;
Hududdagi mavjud muammolar hamda yoshlar yetakchisi faoliyatida yoʻl qoʻyilgan ayrim kamchiliklar aniqlandi;
Barcha aniqlangan nuqsonlar va yechimini kutayotgan masalalar deputatning koʻchama-koʻcha yurish va oʻrganish jurnaliga belgilangan tartibda kiritildi.

Masalani hal etish va ijrosini taʼminlash maqsadida aniqlangan barcha kamchiliklar Kotibiyat hamda deputatlik korpusi tomonidan alohida nazoratga (ijro nazoratiga) olindi.

Yoshlar bilan ishlash sifatini oshirish va ularni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan amaliy muloqotlar ile oʻrganishlar davom etadi.