Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 240514
Gallery image 240515
Gallery image 240516
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
14 Sen 2026
17:48

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Reablitatsiya qurilishi boshlandi — deputatlik nazoratida

📍 Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati Y.Berdiyarov tomonidan “Saxovat” mahallasi hududida joylashgan tuman Tibbiyot birlashmasi hududida jarrohlik amaliyotidan keyin bemorlarning jismoniy ruhiy va ijtimoiy faoliyatini tiklashga maqsadida “Ochiq budjet” tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan maxsus muassasa qurilish ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

🔎 Avvalgi o‘rganishlarda qurilish ishlari boshlanmagani qayd etilgan bo‘lsa, ayni paytda loyiha bo‘yicha qurilish ishlari boshlangan. Deputat tomonidan loyiha hujjatlari va amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishilib, qurilishning belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur loyiha bemorlarning jismoniy ruhiy va ijtimoiy faoliyatini tiklashga xizmat qiladi. Qurilish ishlarining borishi deputatlik nazoratida.