Barcha yangiliklar
#ta'lim #nazorat
Gallery image 240474
Gallery image 240475
Gallery image 240476
Gallery image 240477
Gallery image 240478
Gallery image 240479
Gallery image 240480
Gallery image 240481
Gallery image 240482
Gallery image 240483
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
09 Sen 2026
17:39

#ta'lim #nazorat

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi raisi Doniyor Karimov 11-sonli maxsus maktab-internatida bo‘lib, ushbu maskanda ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlarni atrofliroq o‘rgandi.
Tashrif davomida Kengash raisi har bir sinfxonaga kirib, o‘quv jarayonining borishi, tarbiyalanuvchilarning darsni o‘zlashtirishi hamda ularga yaratilgan moddiy-texnik va maishiy sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Bolalarning sifatli ta’lim va xavfsiz muhitda kamol topishi muhim ekanligi alohida ta’kidlandi.

Muassasa direktori bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida maktab-internatda mavjud bo‘lgan bir qator muammolar va yetishmovchiliklar muhokama qilindi. Bildirilgan taklif va mulohazalar asosida ushbu kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar va vazifalar belgilab olindi.

O‘rganishlar yakunida shahar Kengashi raisining homiyligi ostida maktab o‘quvchilariga maktab formalari topshirildi.

Aholining ehtiyojmand qatlamlari va alohida e'tiborga muhtoj ta'lim muassasalarini qo'llab-quvvatlash ishlari izchil davom ettiriladi.