Barcha yangiliklar
#qonun ijrosi #doimiy_komissiya_nazorati #ekalogik_nazorat
Gallery image 240463
Gallery image 240464
Gallery image 240465
Gallery image 240466
Gallery image 240467
Gallery image 240468
Gallery image 240469
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
08 Sen 2026
17:37

#qonun ijrosi #doimiy_komissiya_nazorati #ekalogik_nazorat

🔍 O‘rganish jarayonida e’tibor qaratilgan asosiy yo‘nalishlar:
Mas’ullar hisoboti: Ekologiya va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Olmaliq shahar bo‘limi boshlig‘i Abdurayim Aymatov boshchiligida amalga oshirilgan ishlar va belgilangan vazifalar ijrosi atroflicha ko‘rib chiqildi.
Faoliyat tahlili: Bo‘limda faoliyat yuritayotgan xodimlarning ish samaradorligi, zimmasidagi vazifalarni qay darajada bajarayotgani tahlil qilindi.
Savolnoma asosida tahlil: Qonunni tegishli bandlari va moddalari bajarilishi maxsus savolnomalar asosida xolisona ko‘rib chiqildi.
Qonun buzilish holatlari va choralar: Shahar hududida aniqlangan ekologik huquqbuzarliklar, ularga nisbatan ko‘rilgan ta’sirchan choralar tegishli hujjatlar va bayonnomalar asosida atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish va nazorat tadbirlarining yuqori saviyada hamda tashkiliy jihatdan puxta o‘tkazilishida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi Kotibiyat bosh mutaxassisi Muhriddin Begmatov yaqindan ko‘maklashdi.
🌱 Xulosa o‘rnida: Ekologik xavfsizlikni ta’minlash va atrof-muhitni asrab-avaylash nafaqat soha xodimlari, balki har bir fuqaroning burchidir. Deputatlik nazorati doirasidagi bu kabi tadbirlar aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va sohadagi mas’uliyatni yanada oshirishga xizmat qiladi.