Barcha yangiliklar
#deputat_axboroti #saylovchilar bilan uchrashuv
Gallery image 240388
Gallery image 240389
Gallery image 240390
Gallery image 240391
Gallery image 240392
Gallery image 240393
Gallery image 240394
Gallery image 240395
Gallery image 240396
Gallery image 240397
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
05 Sen 2026
17:27

#deputat_axboroti #saylovchilar bilan uchrashuv

Olmaliq shahrida fuqarolar murojaatlari va ularni qiynayotgan dolzarb masalalarga tezkor yechim topish maqsadida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining:
🔹 21-okrug deputati Muhiddin Abdullayev
🔹 25-okrug deputati Zulfizar Mirzanova
🔹 Kengash Kotibiyati mudiri Sevar Qodirova
🔹 "Hilol" va "Bo‘ston" mahalla yettiligi vakillari, ijro hokimiyati mas’ullari hamda mahalliy aholi ishtirok etishdi.

Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda hudud aholisini o‘ylantirayotgan dolzarb muammolar, infrastrukturani yaxshilash, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar chuqur tahlil qilindi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat deputatlar va ijro hokimiyati vakillari tomonidan atroflicha tinglandi.

MUAMMOLAR TIZIMLI HAL ETILADI
Murojaatlarni zudlik bilan va huquqiy doirada hal etish maqsadida deputatlar tomonidan muhim qadam tashlandi. Ko‘tarilgan dolzarb masalalar yuzasidan "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi Qonunning 5-8-moddalariga asosan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.

📌 Nazorat va ijro:
Uchrashuv davomida bildirilgan barcha taklif va e’tirozlar deputat nazoratiga olindi. Yuboriladigan deputatlik so‘rovlari ijrosi, tegishli idoralardan javob olinishi va muammolarning amaliy yechimi ustidan qat’iy monitoring olib boriladi.

Xalq bilan muloqot va amaliy natijalar – hudud ravnaqi hamda aholi farovonligining bosh mezonidir.