Barcha yangiliklar
#24_ta-tavsiya #nazorat
Gallery image 240350
Gallery image 240351
Gallery image 240352
Gallery image 240353
Gallery image 240354
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
04 Sen 2026
17:21

#24_ta-tavsiya #nazorat

O‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi bilan birga, ularga qulay va issiq sharoitlar yaratish doimiy e’tiborda.
Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Muhiddin Abdullayev hamda Kengash kotibiyati mudiri Sevar Qodirova , Toshkent viloyat deputati Farxodbek Umarovning Kotibiyatdan biriktirilgan vakili L.Xasanov  "Kamalak" mahalla hududida joylashgan 18-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasini atroflicha o‘rgandilar.

🔍 Jarayonda nimalarga e’tibor qaratildi?
Maktabning issiqlik tizimi mukammal ko‘zdan kechirildi;
Qozonxonalarning texnik holati, yoqilg‘i ta’minoti va xavfsizlik talablariga javob berishi tekshirildi;
Sinf xonalaridagi harorat rejasi va deraza-eshiklarning issiqlik saqlash imkoniyatlari baholandi.

Bunday o‘rganishlardan asosiy maqsad — sovuq kunlar kelgunga qadar mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish orqali farzandlarimizning issiq va shinam xonalarda bilim olishlarini ta’minlashdir.

📍 Aholiga qulaylik yaratish va ijtimoiy soha ob’yektlari tayyorgarligini nazorat qilish borasidagi ishlar davom etmoqda.