Barcha yangiliklar
#o'rganish
Gallery image 240315
Gallery image 240316
Gallery image 240317
Gallery image 240318
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
04 Sen 2026
17:15

#o'rganish

Bugun yoshlarning taʼlim olishi bilan birga ularning salomatligi, jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishi va sovuq kunlarda ham issiq va qulay sharoitlarda oʻqishi eng ustuvor vazifalardan biridir.

Ayni shu maqsadda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Matluba Ashurova Olmaliq shahar 1-son texnikumida boʻlib, muassasadagi mavjud holatni atroflicha oʻrgandi.
🔎 Oʻrganish davomida:
🔹 Oʻquvchilarning sport bilan muntazam shugʻullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar, sport zallarining xavfsizligi hamda kerakli anjomlar bilan taʼminlanganlik darajasi koʻzdan kechirildi.
🔹 Muassasaning isitish tizimlari, binolarning issiqlik saqlash qobiliyati, darcha va eshiklarning holati hamda mavsumga tayyorlik darajasi sinchiklab tekshirildi.
🎯Oʻrganishdan koʻzlangan bosh maqsad — texnikum oʻquvchilari uchun har tomonlama xavfsiz va qulay taʼlim muhitini yaratish, shuningdek, boʻlajak kuz-qish mavsumini hech qanday talafotlarsiz, issiq va koʻngildagidek oʻtkazishni taʼminlashdir.

Deputat Matluba Ashurova aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli masʼullarga tavsiya va koʻrsatmalar berdi va kamchiliklarni shaxsiy jurnaliga qayd qilib qo'ydi.

Oʻquvchilarimizning salomatligi va sifatli taʼlim olishi har doim deputatlarimiz nazoratida!