Barcha yangiliklar









AZIMOVA SAODATXON KARIMOVNA
14 Sen 2026
17:11
UCH AVLOD UCHRASHUVI — HAYOTIY TAJRIBA SABOQLARI
Tadbirda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari A. Mamataliyev va N. Abdurahmonovlar ham ishtirok etdi. Uchrashuv davomida ko‘pni ko‘rgan, boy hayotiy tajribaga ega nuroniylar yoshlar bilan samimiy suhbatlashib, ularni intellektual va ma’naviy salohiyatini kengaytirish, hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlash, vaqtni mazmunli o‘tkazish hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarida o‘z tavsiyalarini berdilar.
Bunday uchrashuvlar avlodlar o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarni ezgu maqsadlar sari yo‘naltirish va ularning hayotiy tajribadan saboq olishiga xizmat qiladi.