Barcha yangiliklar
🤝 IJTIMOIY REYESTRDAGI AYOLLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Gallery image 240272
Gallery image 240273
Gallery image 240275
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
14 Sen 2026
17:10

🤝 IJTIMOIY REYESTRDAGI AYOLLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, “Adolat” SDP a’zosi Ismoilov Xursand Baltaabayevich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan Katqal’a Tekstil korxonasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan ayollar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
👩‍💼 Uchrashuv davomida tumanda ijtimoiy reyestrga kiritilgan ayollarni doimiy ish bilan ta’minlash, ularning bandligini oshirish hamda daromad manbalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
🏭 Shuningdek, ishtirokchilar Katqal’a Tekstil korxonasi faoliyati, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda ishchi-xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi.
📋 Ayollarga korxonadagi mavjud ish o‘rinlari haqida ma’lumot berilib, ularni ishga jalb etish imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
✅ Maqsad — ijtimoiy reyestrga kiritilgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va ularning oilaviy daromadlarini oshirishga ko‘maklashish.