Barcha yangiliklar
#nazorat tadbiri #deputat faoliyatidan #reja ijrosi
Gallery image 240255
Gallery image 240256
Gallery image 240257
Gallery image 240258
Gallery image 240259
Gallery image 240260
Gallery image 240261
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
02 Sen 2026
17:07

#nazorat tadbiri #deputat faoliyatidan #reja ijrosi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati tavsiyasiga asosan, shahrimizda 24 ta muhim yo‘nalish bo‘yicha deputatlik va jamoatchilik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda. Bu boradagi har bir jarayon aholimiz farovonligi va shahar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan.

Navbatdagi nazorat tadbiri doirasida Kotibiyat mudiri Sevar Qodirova tomonidan tasdiqlangan kunlik reja asosida shahrimizdagi eng gavjum maskanlardan biri — "Yoshlar" bog‘ida o‘rganishlar o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida nimalarga alohida e'tibor qaratildi?
🔸Kichkintoylarning quvonchi xavfsizlik bilan chambarchas bog‘liq. Shu sababli bog‘dagi barcha atraksionlarning texnik holati, ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi va xavfsizlik talablariga javob berishi ko‘zdan kechirildi.
🔸Hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, yashil hududlarni parvarishlash, tozalik va aholi maroqli hordiq chiqarishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklar deputatning ko'chama-ko'cha aylanish jurnaliga qayd qilib, bartaraf etish hamda bog‘ hududida aholi va bolajonlar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha mas'ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.