Barcha yangiliklar
#ta'lim #ilk_qo'ng'iroq #uchrashuv
Gallery image 240215
Gallery image 240216
Gallery image 240217
Gallery image 240218
Gallery image 240219
Gallery image 240220
Gallery image 240221
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
02 Sen 2026
17:03

#ta'lim #ilk_qo'ng'iroq #uchrashuv

Ushbu shukuhli bayram tadbirlarida xalq vakillari — deputatlar ham faol ishtirok etib, yosh avlod vakillari bilan yuzma-yuz muloqotda boʻldilar:
“Buxoro maktabi” xususiy maktabida — Sevar Qodirova
Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumda — Faxriddin Matasimov
1-sonli texnikumda — Abdujabbor Djurayev
"ALMALIYK RISSING SCHOOL" xususiy maktabida— Azamat Mavlonov
2-sonli umumta'lim maktabda — Adham Xasanov

Deputatlar tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ustoz va murabbiylarga hamda o'quvchilarga yo'llagan tabrigini o'qib eshittirdi va ilk saboq — “Mustaqillik darsi”ni oʻtib berdilar. Samimiy va ruhlantiruvchi tarzda kechgan darslarda istiqlolimizning qadr-qimmati, yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashning bugungi kundagi ahamiyati haqida soʻz yuritildi. Deputatlar oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashib, oʻquvchilarga kelgusidagi oʻqish va ishlarida ulkan zafarlar tilashdi.

Yangi oʻquv yili barcha oʻquvchi va talabalarga, shuningdek, sharafli kasb egalari boʻlmish ustoz-murabbiylarga muvaffaqiyatli va zafarlarga boy boʻlishini tilab qolamiz!