Barcha yangiliklar
“Davronbek” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Gallery image 240162
Gallery image 240163
Gallery image 240164
Gallery image 240165
Gallery image 240166
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
14 Sen 2026
16:20

“Davronbek” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, shahar hokimi M.Usmonov hamda 11-“O‘rmonbog‘” saylov okrugidan saylangan deputat N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisining faoliyati, hududda aholi murojaatlari bilan ishlash holati, ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni hal etish, obodonlashtirish ishlari hamda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, mahallada fuqarolar bilan ishlash tizimi, “Mahalla yettiligi” hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarning doimiy daromad manbalarini shakllantirish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi