Barcha yangiliklar
FUQAROLAR MUAMMOLARI E’TIBORDA
Gallery image 240014
Gallery image 240015
Gallery image 240016
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
14 Sen 2026
14:45

FUQAROLAR MUAMMOLARI E’TIBORDA

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova hamda Kengash deputati S.Ulug‘murodov tomonidan Suvonobod mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ayniqsa, ijtimoiy yordam, bandlikni ta’minlash va ishga joylashish bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tegishli tartibda o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, ish izlayotgan fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlaridan foydalanish hamda ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.