Barcha yangiliklar



KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
14 Sen 2026
14:12
📌 Aholi holidan xabar olindi
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati F. Seydabdullayeva tuman Xotin-qizlar va oila bo‘limi xodimlari bilan birgalikda o‘zi saylangan saylov okrugida ko‘chama-ko‘cha, xonadonma-xonadon yurib, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar holidan xabar oldi.
🔎 Tashrif davomida kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning yashash sharoiti va mavjud muammolari o‘rganilib, ularning murojaatlari tinglandi.
📦 Shuningdek, ehtiyojmand fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.
📋 Aholining muammolarini joyida o‘rganish va ularni hal etish masalalari deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida davom ettirilmoqda.