Barcha yangiliklar
YANGILANISH KO‘CHASIDAGI YO‘L MASALASI DEPUTAT E’TIBORIDA
Gallery image 239817
Gallery image 239818
Gallery image 239819
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
14 Sen 2026
12:37

YANGILANISH KO‘CHASIDAGI YO‘L MASALASI DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati B.Misratullayev tomonidan Buyuk Ipak yo‘li MFY hududidagi Yangilanish ko‘chasining ichki yo‘l holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ko‘chaning qariyb 300 metr qismida yo‘lni shag‘allashtirish zarurati mavjudligi aniqlandi. Mazkur yo‘lning holati, ayniqsa, yog‘ingarchilik mavsumida fuqarolarning erkin va xavfsiz harakatlanishida qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin.

Fuqarolar bilan suhbat davomida yo‘lni tartibga keltirish, shag‘al to‘kish va harakatlanish uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha taklif va mulohazalar tinglandi.

Deputat tomonidan aniqlangan masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, Yangilanish ko‘chasining 300 metr qismini shag‘allashtirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish masalasi nazoratga olindi.