Barcha yangiliklar
BOLALAR SALOMATLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA
Gallery image 239811
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
14 Sen 2026
12:27

BOLALAR SALOMATLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati tomonidan Suvonobod mahallasi Qo‘shariq ko‘chasi 32-uyda yashovchi fuqaro Sherbo‘taeva Dilfuzaning murojaati o‘rganildi.

Murojaatda oilaning moddiy imkoniyati cheklanganligi sababli farzandlarini gepatitga qarshi emlatishda amaliy yordamga ehtiyoj mavjudligi bildirilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan mas’ullarga deputatlik so‘rovi yuborilib, oilaning ijtimoiy holatini o‘rganish, farzandlarni zarur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda gepatitga qarshi emlash masalasida amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi.

Aholi, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning murojaatlarini o‘rganish va ularni amaliy hal etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.