Barcha yangiliklar











SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
13 Fev 2025
16:36
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Dastavval deputat mahalla yettiligi ish faoliyati o‘rganilib u yerda olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirib yettilik vakillari bilan fikr mulohazalar almashildi. So‘ng deputat "Uchturgon" mahallasiga taklif va muammo bilan kelgan saylovchilarni qabul qildi.
Uchrashuvning ikkinchi qismida mahallada "Sayxunobod" tajribasi ijrosi o‘rganilib "Fayzli barakali" MCHJ faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. MCHJ tarkibida nonvoyxona, buxonka non sexi, filtrlangan suv ishlab chiqarish, choyxona, do‘kon tashkil etilgan bo‘lib jami 12 nafar ishsizlar Ish bilan taminlanganligi aniqlandi.