Barcha yangiliklar
“Tozalik va ozodalik oyligi” doirasida ezgu tashabbuslar davom etmoqda
Gallery image 239796
Gallery image 239797
Gallery image 239798
Gallery image 239799
Gallery image 239800
Gallery image 239801
Gallery image 239802
Gallery image 239803
Gallery image 239804
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
14 Sen 2026
12:23

“Tozalik va ozodalik oyligi” doirasida ezgu tashabbuslar davom etmoqda

#Paxtakor_tumani_kengashi
#Yoshlar_maslahat_guruhi

📌 “Tozalik va ozodalik oyligi” doirasida ezgu tashabbuslar davom etmoqda

“Yaxshilik — katta ishlardan emas, samimiy qalbdan boshlanadi.”
Paxtakor tumanining Oltinko‘l mahallasidagi Mangulik qabristonida volontyor yoshlar tomonidan hashar va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Mazkur ezgu tashabbus “Ma’rifat” targ‘ibotchilari hamda Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi qoshidagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tashabbusi bilan tashkil etilib, qabriston hududini tozalash, tartibga keltirish va obodonlashtirish ishlari olib borildi.

🤝 Yurtni obod qilish, atrof-muhitni ozoda saqlash, ezgulik va mehr ulashish — xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biridir.

🌿 Bunday tashabbuslar yoshlarni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga, ona Vatanga daxldorlik va mas’uliyat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.