Barcha yangiliklar
📚 TA’LIM SIFATI — KELAJAK POYDEVORI!
Gallery image 239708
Gallery image 239709
Gallery image 239710
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
27 Avg 2026
00:00

📚 TA’LIM SIFATI — KELAJAK POYDEVORI!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Dusmatova Bekobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida bo‘lib, ta’lim sohasidagi muhim masalalarni o‘rgandi.

🤝 Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ–637-son Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, qonunning mazmun-mohiyati, amaliyotdagi ijrosi hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

🎓 Sifatli ta’lim — bilimli avlod, bilimli avlod esa taraqqiy etgan jamiyat demakdir!
Bugun ta’limga berilayotgan e’tibor — ertangi kunimizga berilayotgan ishonchdir.