Barcha yangiliklar
📌 Kambag‘allikni qisqartirish — amaliy yondashuvni talab etadi
Gallery image 239678
Gallery image 239679
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
14 Sen 2026
10:24

📌 Kambag‘allikni qisqartirish — amaliy yondashuvni talab etadi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Yangi makon” OFY yettiligi a’zolari bilan kambag‘allikni qisqartirish masalasini muhokama qildi.

💬 Uchrashuvda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, bandligini oshirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirishda har bir oilaning muammosini alohida o‘rganish, mavjud imkoniyat va salohiyatidan kelib chiqib aniq chora-tadbirlarni belgilash muhimligi ta’kidlandi.

🤝 Mahalla yettiligi bilan hamkorlikda aholi turmush sharoitini yaxshilash, oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning barqaror daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha fikr va takliflar almashildi.

Asosiy maqsad — ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash orqali ularning farovon hayot kechirishiga munosib sharoit yaratish.