Barcha yangiliklar
Yangi Bekobod — yangi manzillar 📸
Gallery image 239647
Gallery image 239648
Gallery image 239649
Gallery image 239650
Gallery image 239651
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
25 Avg 2026
00:00

Yangi Bekobod — yangi manzillar 📸

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Bekobod tumani Zafar shaharchasidagi Madaniyat markazida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, taniqli fototasvirchi Sultonboy Dehqonovning “Yangi Bekobod — yangi manzillar” nomli shaxsiy fotoko‘rgazmasi ochildi.

📷 Ko‘rgazmadan 45 ta ijodiy ish o‘rin olgan bo‘lib, ularda Yangi O‘zbekiston va Yangi Bekobodning obod manzillari, insonlar hayoti, beg‘ubor bolalik hamda betakror tabiat badiiy nigoh bilan aks ettirilgan.

🎉 Bayramona ruhda o‘tgan tadbirda xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Z.Nizomiddinov, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuriddinov hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid ishtirok etib, ko‘rgazma va undagi ijodiy ishlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

✨ Har bir surat — bugunning tarixi, har bir manzara — Yangi Bekobodning yangi qiyofasi!