Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 239519
Gallery image 239520
Gallery image 239521
Gallery image 239522
Gallery image 239523
Gallery image 239524
Gallery image 239525
Gallery image 239526
Gallery image 239527
Gallery image 239528
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
12 Sen 2026
21:11

Kengash_faoliyati

POLVONTOSHDA YANA BIR EZGU ORZU USHALMOQDA!

“Mo‘nka” ko‘chasining 1,2 kilometr qismiga asfalt yotqizilmoqda

Bandixon tumanining Polvontosh mahallasida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.

Aholi uchun uzoq yillardan buyon kutilgan “Mo‘nka” ko‘chasining 1,2 km qismida asfaltlash ishlari tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Mazkur jarayonni Xalq deputatlari Bandixon tumani kengashi deputati, tuman hokimi Abdumalik Allamuradov ko‘zdan kechirib, ishlarning sifatli va belgilangan talablar asosida olib borilishini nazorat qildi.

“Ushbu asfaltlash Polvontoshliklar uchun asriy orzu bo‘lgan. Asfalt sifatli bo‘lishi, uzoq yillar xizmat qilishi kerak”, — dedi tuman hokimi A. Allamuradov.

Bu shunchaki yo‘l emas — odamlarning yillar davomida kutgan orzusi, mahalla qiyofasining o‘zgarishi va aholi uchun yanada qulay sharoit yaratish yo‘lidagi muhim qadamdir.