Barcha yangiliklar
#Sessiya_kun_tartibi  #Kengash_Kotibiyati
Gallery image 239466
Gallery image 239467
Gallery image 239468
Gallery image 239469
Gallery image 239470
Gallery image 239471
Gallery image 239472
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
12 Sen 2026
20:17

#Sessiya_kun_tartibi #Kengash_Kotibiyati

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida nazorat-tahlil va o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganishda Kengash Kotibiyati mudiri M.Xujanov hamda bosh mutaxassislar A.Esanov va I.Roziqovlar qatnashdilar.

Ijtimoiy sohadagi ijro holatini o‘rganish doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish, ta’lim olishi hamda davlat xizmatlaridan foydalanishlari uchun yaratilgan sharoitlar va sohaga oid hujjatlar atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish natijalari hamda tayyorlangan xulosalar Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritiladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz