Barcha yangiliklar
Bobolochin mahallasida zamonaviy mini stadion foydalanishga topshirildi
Gallery image 239386
Gallery image 239387
Gallery image 239388
Gallery image 239389
Gallery image 239390
Gallery image 239391
AMANOV SIROJIDDIN KARIMOVICH
12 Sen 2026
17:42

Bobolochin mahallasida zamonaviy mini stadion foydalanishga topshirildi

Unda tuman hokimi, xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati Farrux Xoliqov, tuman IIB boshlig‘i Muxiddin Amonturayev, Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Abdusamatov, mahalla aholisi, sportchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi Farrux Xoliqov yangi sport inshootining foydalanishga topshirilgani bilan yig‘ilganlarni tabriklab, bunday maskanlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Ochilish marosimida mahalla yoshlari va sport ixlosmandlariga yaratilgan imkoniyatlar namoyish etildi. Yangi mini stadion endilikda mahalla aholisi, ayniqsa, yoshlarning muntazam sport bilan shug‘ullanishi uchun xizmat qiladi.

Yangi sport maskani — sog‘lom avlod va faol yoshlar uchun yangi imkoniyat!