Barcha yangiliklar
Aholi murojaati deputatlik nazorati asosida o‘rganildi
Gallery image 239325
Gallery image 239326
Gallery image 239327
Gallery image 239328
Gallery image 239329
AMANOV SIROJIDDIN KARIMOVICH
11 Sen 2026
17:18

Aholi murojaati deputatlik nazorati asosida o‘rganildi

O‘rganish jarayonida mahalla aholisi hamda hududdagi fermer xo‘jaliklarining yer maydonlarini sug‘orishda foydalanilayotgan 1 kublik nasos stansiyalari bilan bog‘liq masala atroflicha ko‘rib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur nasos stansiyalarining elektr energiyasini ko‘p miqdorda sarflashi aholi va fermer xo‘jaliklari uchun qo‘shimcha xarajatlarni keltirib chiqarmoqda. Shu munosabat bilan mavjud nasoslarni energiya tejamkor, zamonaviy nasoslarga almashtirish va bu borada amaliy yordam ko‘rsatish masalasi joyida o‘rganildi.

Deputatlar tomonidan murojaatda ko‘tarilgan masalani ijobiy hal etish, aholi va fermer xo‘jaliklariga qulay sharoit yaratish hamda energiya resurslaridan samarali foydalanish maqsadida tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab olindi.

📌 Deputatlik nazorati — aholi murojaatlarini o‘rganish, muammolarni joyida aniqlash va ularning yechimiga amaliy ko‘maklashishning muhim vositasidir.