Barcha yangiliklar
🔰Fuqarolar murojaati — deputat e’tiborida
Gallery image 239225
Gallery image 239226
Gallery image 239227
Gallery image 239228
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
11 Sen 2026
00:00

🔰Fuqarolar murojaati — deputat e’tiborida

🔰Fuqarolar murojaati — deputat e’tiborida

🇺🇿Xalq bilan muloqot qilish, fuqarolarning murojaat va takliflarini tinglash hamda ularni hal etishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
👉Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi J. Xudoyev “Zarafshon” mahallasi hududidagi Xalq qabulxonasi binosida fuqarolarning sayyor qabulini o‘tkazdi.
👉Qabul davomida fuqarolarning turli masalalar yuzasidan murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Har bir murojaatga alohida yondashilib, masalalarni qonuniylik, adolat va manzillilik asosida hal etish zarurligi ta’kidlandi.
👉Deputat sifatida munosabatim shuki, xalq bilan bevosita muloqot qilish — aholi muammolarini chuqur anglash va ularga amaliy yechim topishning eng samarali yo‘llaridan biridir. Sayyor qabullar orqali fuqarolarning ovozi joyida eshitilib, ularni qiynayotgan masalalarni hal etish bo‘yicha aniq choralar belgilanayotgani aholi manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
👉Bunday uchrashuvlar xalq ishonchini mustahkamlash, murojaatlarning ijobiy yechimini ta’minlash va mahallalardagi muammolarni tizimli hal etishga xizmat qiladi.