Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 11-martdagi VII-16-13-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
Gallery image 239202
Gallery image 239203
Gallery image 239204
Gallery image 239205
Gallery image 239206
Gallery image 239207
Gallery image 239208
Gallery image 239209
Gallery image 239210
Gallery image 239211
AMANOV SIROJIDDIN KARIMOVICH
09 Sen 2026
12:10

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 11-martdagi VII-16-13-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi raisi O‘.Xoshimov tomonidan  og‘ir toifaga kiritilgan “Yangi shahar” mahallasida aholi uchun qulay infratuzilma obyektlarini barpo etish ishlarining borishini o‘rgandi.

Loyiha doirasida 2 km ichki yo‘llarni asfaltlash, 0.5 km piyodalar yo‘lakchasi barpo etish, 3.2 km yangi elektr tarmog‘i tortish hamda 1 dona transformator o‘rnatish tasdiqlangan reja asosida amaliy ishlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

Xususan, mahalla hududidagi ichki ko‘chalarda asfaltlash ishlari olib borilmoqda. Maxsus texnikalar yordamida yo‘lga sifatli asfalt qoplamasi yotqizilib, fuqarolarning harakatlanishi uchun yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratilmoqda.

Bunday bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari mahalla infratuzilmasini yaxshilash bilan birga, hududning umumiy ko‘rinishini yanada chiroyli va zamonaviy qiyofaga keltirmoqda.

Amalga oshirilayotgan mazkur loyihalar, avvalo, aholining kundalik turmush sharoitini yaxshilash, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va hududni zamonaviy qiyofaga keltirishga qaratilgan.