Barcha yangiliklar
Travmatologiya bo‘limida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
Gallery image 239132
Gallery image 239133
Gallery image 239134
Gallery image 239135
Gallery image 239136
AMANOV SIROJIDDIN KARIMOVICH
09 Sen 2026
11:52

Travmatologiya bo‘limida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi

O‘rganish jarayonida bemorlarni davolash va parvarishlash jarayoni, ularga belgilangan tibbiy muolajalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, tibbiyot xodimlarining bemorlar bilan munosabati hamda yaratilgan shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, davolanayotgan bemorlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning murojaatlari va takliflari tinglandi. Bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, ular uchun qulay sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha mas’ul xodimlar bilan fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, aholiga sifatli, malakali va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish, bemorlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda ular uchun munosib sharoit yaratish muhim vazifalardan biridir.