Barcha yangiliklar
🔐 Yoshlar bilan kiberxavfsizlik bo‘yicha uchrashuv
XAITOV AZIMJON ABDUXALILOVICH
12 Sen 2026
11:52

🔐 Yoshlar bilan kiberxavfsizlik bo‘yicha uchrashuv

🤝 Uchrashuv davomida yoshlar bilan kiberxavfsizlik, internetdan xavfsiz foydalanish va xavfsiz raqamli kelajakni ta’minlash masalalarida suhbat va tushuntirish ishlari olib borildi.
💻 Yoshlarning raqamli makonda turli xavf va tahdidlardan himoyalanishi, shaxsiy ma’lumotlarni asrash, internetdan oqilona va xavfsiz foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
📌 Bunday uchrashuvlar yoshlarning kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, raqamli muhitda mas’uliyatli va hushyor bo‘lishiga xizmat qiladi.