Barcha yangiliklar
YOSHLAR BILAN NAVBATDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Gallery image 239126
Gallery image 239127
Gallery image 239128
Gallery image 239129
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
12 Sen 2026
11:51

YOSHLAR BILAN NAVBATDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI

 YOSHLAR BILAN NAVBATDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S. Soatova ishtirokida Temirqadam MFY, Dang‘ara qishlog‘idagi 58-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda mazkur hududda tashkil etilgan 1 oylik uy hamshiraligi kursida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan suhbat o‘tkazildi.
Muloqot davomida ishtirokchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, uy sharoitida aholiga malakali hamshiralik xizmatlarini ko‘rsatish hamda yoshlarning bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Bunday uchrashuvlar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini oshirish va jamiyatdagi faolligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.