Barcha yangiliklar
Tez tibbiy yordam ko‘rsatish sifatiga e’tibor qaratildi
Gallery image 239110
Gallery image 239111
Gallery image 239112
Gallery image 239113
Gallery image 239114
Gallery image 239115
AMANOV SIROJIDDIN KARIMOVICH
09 Sen 2026
11:48

Tez tibbiy yordam ko‘rsatish sifatiga e’tibor qaratildi

O‘rganish davomida qabul bo‘limida bemorlarni qabul qilish, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlari, shoshilinch holatlarda tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari hamda mavjud shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, bemorlarga qulaylik yaratish, zamonaviy tibbiy yondashuvlarni joriy etish va shoshilinch tibbiy yordamni o‘z vaqtida ko‘rsatish masalalari yuzasidan mas’ul xodimlar bilan fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, aholiga sifatli, tezkor va malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, ayniqsa shoshilinch holatlarda bemorlarga zarur yordamni o‘z vaqtida ko‘rsatish muhim vazifalardan biridir.