Barcha yangiliklar
Obod mahalla — farovon hayot garovi
Gallery image 239103
Gallery image 239104
AMANOV SIROJIDDIN KARIMOVICH
08 Sen 2026
11:39

Obod mahalla — farovon hayot garovi

Tashrif davomida mahalla faoli va nuroniylaridan biri Beknazarova Jorqin momo bilan suhbatlashilib, mahallada amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar yuzasidan fikrlari tinglandi.

Xususan, asosiy va ichki ko‘chalarning asfaltlanayotgani, hudud obodonlashtirilayotgani, shuningdek, aholining ehtiyojidan kelib chiqib yangi transformator o‘rnatilgani qayd etildi.

Jorqin momo yaratilayotgan bunday qulayliklardan mamnunligini bildirib, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, obodlik va farovon hayot uchun shukronalik izhor etdi.

Bugungi bunyodkorlik ishlari, avvalo, xalqimizning munosib va farovon hayot kechirishi, mahallalar yanada obod bo‘lishiga xizmat qilmoqda.