Barcha yangiliklar
Ko‘p qavatli uylar atrofi obodonlashtirilmoqda
Gallery image 239084
Gallery image 239085
Gallery image 239086
Gallery image 239087
Gallery image 239088
Gallery image 239089
Gallery image 239090
AMANOV SIROJIDDIN KARIMOVICH
08 Sen 2026
11:37

Ko‘p qavatli uylar atrofi obodonlashtirilmoqda

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini Qumqo‘rg‘on tumanida ta’minlash, shuningdek, ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarni obodonlashtirish maqsadida qabul qilingan dastur asosida amalga oshirilmoqda.

O‘rganish jarayonida dasturda belgilangan vazifalarning ijrosi, ko‘p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish va aholi uchun qulay muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.

Ayni paytda “Do‘stlik” mahallasida zamonaviy bolalar o‘yingohini qurish ishlari olib borilmoqda. Ushbu tashabbus mahallada istiqomat qiluvchi bolalar uchun bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning jismoniy faolligini oshirish va aholiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Nazorat o‘rganishi davomida qurilish ishlarining sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi, obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.