Barcha yangiliklar
🌿 DEPUTAT NAZORATIDA: TABIATNI MUHOFAZA QILISH – BARCHANING MAS’ULIYATI
Gallery image 238999
Gallery image 239000
Gallery image 239001
Gallery image 239002
Gallery image 239003
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
12 Sen 2026
11:02

🌿 DEPUTAT NAZORATIDA: TABIATNI MUHOFAZA QILISH – BARCHANING MAS’ULIYATI

🌿 DEPUTAT NAZORATIDA: TABIATNI MUHOFAZA QILISH – BARCHANING MAS’ULIYATI
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (№754-XII) ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri amalga oshirildi. Hududda atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni saqlash va kengaytirish, daraxt hamda butalarni parvarishlash, chiqindilarni belgilangan tartibda to‘plash va olib chiqish, sanitariya-ekologik holatni yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi – atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda kelajak avlod uchun sog‘lom va musaffo tabiiy muhitni saqlab qolishdan iborat.