Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK NAZORATI: MAHALLADAGI MUHIM MASALALAR O‘RGANILDI.
Gallery image 238982
Gallery image 238983
ABDUVAXIDOV SANJAR BULTAKOVICH
07 Sen 2026
10:52

DEPUTATLIK NAZORATI: MAHALLADAGI MUHIM MASALALAR O‘RGANILDI.

 Milliy Tiklanish demokratik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining 12-“Barlos” saylov okrugi deputati O‘. Boyjanova tomonidan Yorqin mahallasida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalladagi soliq inspektoriga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi, aholi bilan ishlash holati hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarga e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan mahalla aholisi bilan suhbatlashilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Aholi bilan ochiq muloqot qilish, muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.