Barcha yangiliklar
Ijtimoiy reyestrdagi fuqaroning holati o‘rganildi
Gallery image 238841
Gallery image 238842
Gallery image 238843
Gallery image 238844
Gallery image 238845
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
11 Sen 2026
19:44

Ijtimoiy reyestrdagi fuqaroning holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan o‘z saylov okrugi hududiga qarashli “Qo‘shchinor” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy reyestrga kiritilgan aholi xonadonlarida o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganishlar davomida Hofiz Sheroziy ko‘chasi 11-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro M.Solijanovaning holidan xabar olindi.

Tashrif davomida fuqaro bilan suhbat o‘tkazilib, uning yashash sharoiti, ijtimoiy holati, oilaviy sharoiti va mavjud ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi. Muloqot jarayonida fuqaroning mavjud muammolari tinglanib, ularni hal etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, fuqaroning ijtimoiy holatini yaxshilash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda zarur hollarda tegishli tashkilotlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.

️Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularning holidan xabar olish, muammolarini bevosita joyida aniqlash va manzilli yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi