Barcha yangiliklar
Saylovchi bilan uchrashuv davomida muhim masala o‘rganildi
Gallery image 238814
Gallery image 238815
Gallery image 238816
Gallery image 238817
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
11 Sen 2026
19:39

Saylovchi bilan uchrashuv davomida muhim masala o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan o‘z saylov okrugi hududiga qarashli “Qo‘shchinor” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

Uchrashuv davomida 1989-yilda tug‘ilgan, T. O‘razboyev ko‘chasi 33-uyda yashovchi M.Abdulla bilan bog‘liq masala ham o‘rganildi. Fuqaro bilan mahalla profilaktika inspektori O.Dehqonov ishtirokida suhbat o‘tkazilib, uning ijtimoiy holati va jamiyatga moslashuvi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Muloqot davomida fuqaroning bandligini ta’minlash, ijtimoiy muhitga moslashishiga ko‘maklashish hamda kelgusida muayyan kasb yoki mehnat faoliyatiga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mazkur masalani mahalla darajasida tizimli o‘rganish maqsadida “Mahalla yettiligi” yig‘ilishi bayonnomasini rasmiylashtirish hamda tegishli tavsiyanoma berish bo‘yicha kelishib olindi.

Mazkur o'rganish ishlarini olib borishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda “Madad” NNT vakili M.Toshboltayevalar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi