Barcha yangiliklar
OBODONLASHTIRISH VA BUNYODKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
Gallery image 238746
Gallery image 238747
INOMJONOV LAZIZBEK SHAROFJON O‘G‘LI
11 Sen 2026
18:10

OBODONLASHTIRISH VA BUNYODKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputati Ummatov Dilmurod Nuriboyevich tomonidan Pastki So‘loqli mahallasida hududlarni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati doirasida manzilli o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida suv quvurlari tortilayotgan Sayilgoh va E’tirof ko‘chalaridagi qurilish-montaj ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
Mazkur hududlarda ichimlik suvi tarmog‘ini kengaytirish va aholiga barqaror suv ta’minotini yaratishga qaratilgan ishlarning borishi, quvurlarni tortish jarayoni hamda amalga oshirilayotgan ishlarning belgilangan talablar asosida olib borilishi o‘rganildi.