Barcha yangiliklar
6-BAND IJROSI: Deputat nazoratida: mahalladagi xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
Gallery image 238735
Gallery image 238736
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
11 Sen 2026
18:07

6-BAND IJROSI: Deputat nazoratida: mahalladagi xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi

 6-BAND IJROSI: Deputat nazoratida: mahalladagi xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning 6-bandi — mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish yuzasidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Mazkur yo‘nalish doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M.Kumakov tomonidan Ravot mahallasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida mahalla ko‘chalari aylanib chiqilib, hududdagi mavjud muammolar, fuqarolarni qiynayotgan masalalar hamda xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

Shuningdek, deputat ko‘cha boshilari bilan uchrashib, mahalladagi dolzarb masalalar, obodonlashtirish, ijtimoiy muammolar va fuqarolarning takliflari yuzasidan suhbatlashdi.