Barcha yangiliklar
Doimiy komissiyalarning xulosalari e’lon qilildi
Gallery image 238596
Gallery image 238597
Gallery image 238598
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
11 Sen 2026
17:29

Doimiy komissiyalarning xulosalari e’lon qilildi

Sessiya davomida muhokama qilingan masalalar yuzasidan xalq vakillarining mas’ul tuzilmalari o‘zlarining dastlabki xulosalarini bildirdilar.

📋 Xususan, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya hamda Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining xulosalari doimiy komissiya a’zolari tomonidan yig‘ilish qatnashchilariga o‘qib eshittirildi.

✅ Har bir masalaning joylardagi ijrosi va dolzarbligi komissiya a’zolari tomonidan atroflicha tahlil qilinib, tegishli tavsiyalar o‘rtaga tashlandi.