Barcha yangiliklar
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT: HAMKORLIK AMALIYOTDA
Gallery image 238487
Gallery image 238488
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
11 Sen 2026
17:01

DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT: HAMKORLIK AMALIYOTDA

DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT: HAMKORLIK AMALIYOTDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘rganish va ularning yechimlari yuzasidan takliflar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu doirada doimiy komissiya a’zosi F.Islomova tomonidan “Mikrokreditbank” rahbari bilan uchrashuv va muloqot o‘tkazilib, bank faoliyati, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, aholi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda hududdagi mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot davomida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va aniqlangan muammolarni hamkorlikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.